Xabarlar

Jizzax viloyati yuridik texnikumida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.


Tadbirda Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari E.Maxammadiyev, Jizzax viloyati MIB kadrlar bo’limi boshlig’i R.Axmedov, Jizzax shahar hokimi o’rinbosari S.Silliyev, Jizzax viloyati Ma’muriy sud raisi A.Mamarahimov, DXA boshlig’i B.Umirzoqov, Jizzax viloyat Bojxona boshqarmasi boshlig’i Sh.Salixovlar ishtirok etishdi va bitiruvchi o’quvchilarga iliq tilaklarini bildirib o’tishdi.


🎁Shundan so’ng, bitiruvchilarga va ularning ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg’alar hamda diplomlarni topshirishdi.


Shuningdek, texnikumning bir guruh faol o’quvchilar va ularning ota-onalari so’zga chiqib barcha bitiruvchilarga iliq tilaklarini bildirib o’tishdi.
Tadbir so’ngida o’quvchilarning badiiy chiqishlari namoyish qilindi.