Umumiy ma’lumotlar

  • Jizzax huquqshunoslik kolleji 2009-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 11-mart 2009-yildagi 60-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi 3666-son Qarori bilan Jizzax huquqshunoslik kolleji tugatilib, Jizzax viloyati yuridik kolleji tashkil etilgan.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Jizzax viloyati yuridik texnikumi tashkil etilgan.
    Texnikum 2009- yil 585 nafar o’quvchi uchun mo’ljallab qurilgan.
  • Texnikum o’quv binosi bitta bo’lib, 3 qavatdan iborat. 24 ta o’quv xonalari va yord
    amchi xonalar, 150 o’rinli faollar zali, 50 o’rinli yotoqxona, 30 o’rinli o’quv zaliga ega bo’lgan kutubxona, 540m2 sport zal va ochiq maydoncha, bufet va oshxonadan iborat.