Texnikum rahbariyati

Saidov Shokir Kamalovich

Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktori

 1965 yil 8 martda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug’ilgan, ma’lumoti oliy.

1991 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1984-1985 yillarda Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti talabasi, 1985-1987 yillarda armiya safida xizmat qilib qaytgan va 1987-1991 yillarda Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakulteti talabasi bo’lgan. U mehnat faoliyatini 1991 yilda Sirdaryo tumani Xalq deputatlari kengashining huquqiy maslahatchisi vazifasidan boshlagan. 1992-1997 yillarda Sirdaryo tumani xokimligi huquqshunosi, 1-toifali mutaxassisi, 1997-1998 yillarda Sirdaryo tuman notarial idorasi notarius-stajyori, 1998-2000 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining bo’lim boshlig’i, 2000-2002 yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish boshqarmasining bo’lim boshlig’i, boshqarma boshlig’i o’rinbosari, 2002-2007 yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasining boshlig’i, 2007-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining boshlig’i, 2016 yilning yanvar-iyun oylarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlik sub’yektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining boshlig’i vazifasini bajaruvchi, 2016-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining boshlig’i, 20017 yilning fevral-avgust oylarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasining boshlig’i, 2017-2019 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida ishlagan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019 yil 19 yanvardagi 37-sht-sonli buyrug’i bilan 2019 yil 19 yanvar kunidan jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i –texnikum direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

Idiboyev Abror Jamolovich

Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktorinining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari
1982 yilda Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 2004 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi bo’yicha huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2006 yilda Sud ijrochilari Jizzax tuman bo’limi sudining ijrochisi vazifasidan boshlab, 2006–2007 yillarda Jizzax harbiy prokuraturasining ish yurituvchisi, 2007–2010 yillarda Fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax viloyat sudining katta konsulьtanti, 2010–2011 yillarda Fuqarolik ishlari bo’yicha Jizzax tumanlararo sudining sudьyasi, 2010–2011 yillarda Jizzax huquqshunoslik kollejining o’qituvchisi (o’rindoshlik asosida), 2011–2014 yillarda Jizzax huquqshunoslik kolleji kafedra mudiri, 2014–2015 yillarda Jizzax hukukshunoslik kolleji Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, 2015-2018 yillarda Jizzax xukukshunoslik kollejining direktori, 2018-2019 yillarda Jizzax viloyati yuridik kolleji direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi, 2019-2020-yillar Jizzax viloyati yuridik kolleji direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020 yil 10 sentabrdagi 409-шт-sonli buyrug’I bilan Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Saydiyev Suyarbek Amrullayevich 

Jizzax viloyati yuridik texnikumii direktorining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari

 

1987 yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 2011 yilda O’zbekiston milliy universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2005 yilda Jizzaxplastsanoat taьminot unitar korxonasining ish yurituvchisi vazifasidan boshlab, 2006–2007 yillarda Jizzaxplastsanoat taьminot unitar korxonasining taьminotchisi,
2007–2011 yillarda O’zbekiston milliy universiteti talabasi,
2011–2017 yillarda Jizzax huquqshunoslik kollejining o’qituvchisi, 2017-2018 yillarda Jizzax huquqshunoslik kollejida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, 2018-2020 yillarda Jizzax viloyati yuridik kolleji direktorining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari lavozimlarida ishlagan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020 yil 10 sentabrdagi 409-шт-sonli buyrug’I bilan Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktorining yoshlar bilan ishlash bo’yichai o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Ishonkulov Zoxid Norqo’ziyevich

Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktorining moliya xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari

1964 yilda Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy,1992 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutini tamomlagan, mutaxassisligi bo’yicha hisobchi.
U mehnat faoliyatini 1981 yilda Jizzax qurilish kombinatining g’isht teruvchisi vazifasidan boshlab, 1982–1984 yillarda Harbiy xizmatda,
1984–1985 yillarda Jizzax shahar ishlab chiqarish savdo ma’suliyati cheklangan jamiyatining sotuvchisi, 1985–1992 yillarda Jizzax viloyat qurilish materiallari ishlab chiqarish kombinatining sotuvchisi,
1992–1995 yillardaJizzax shahar Istiqbolaksiadorlik jamiyatining bo’lim mudiri, 1995–1996 yillardaJizzax tuman Bobur hissadorlik jamiyatining hisobchisi,2000–2001 yillardaJizzax tibbiyot bilim yurti Xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari,2002–2004 yillarda, Jizzax tuman Joziba siri ko’p tarmoqli firmaning hisobchisi,2004–2011 yillardaJizzax o’rta tibbiyot va dorishunos xodimlar malakasini oshirish bilim yurti Xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, 2011–2012 yillarda Qizil yarim oy jamiyati Jizzax shahar bo’limi ijrochi direktori, 2012-2018 yillarda Jizzax huquqshunoslik kolleji direktorining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari, 2018-2020 yillarda Jizzax viloyati yuridik kolleji direktorining moliya xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020 yil 25 sentabrdagi 455-шт-sonli buyrug’I Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktorining moliya xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.