Texnikum nizomlari

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining Аxborot-resurs markazi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

      1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Аxborot-resurs markazi (keyingi oʼrinlarda markaz deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Markaz texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, texnikum xodimlari va oʼquvchilarining, shuningdek boshqa tashkilotlar vakillari va fuqarolar (bundan buyon matnda foydalanuvchilar deb yuritiladi) axborotga boʼlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda markazning axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda axborot-kutubxona va axborot-bibliografik xizmatlarini koʼrsatadi.

3. Markaz oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Markaz bevosita direktorning yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Markazning vazifalari va funktsiyalari

   5. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʼquv va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlarga oid axborot-kutubxona fondini shakllantirish, maʼlumot-bibliografik bazasini yuritish, toʼliq va tezkor axborot-kutubxona va axborot-bibliografik xizmat koʼrsatish;
madaniy, maʼrifiy, axborot va boshqa loyihalar, aktsiyalarni amalga oshirish, shuningdek foydalanuvchilarning axborotga boʼlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida respublika axborot-kutubxona markazlari, milliy, madaniy-maʼrifiy markazlar, taʼlim muassasalari, tashkilotlar bilan hamkorlik oʼrnatish;
markazning axborot-kutubxona xizmatlari turlarini kengaytirish, xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilash.

6. Markaz oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) oʼquv va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlarga oid axborot-kutubxona fondini shakllantirish, maʼlumot-bibliografik bazasini yuritish, toʼliq va tezkor axborot-kutubxona va axborot-bibliografik xizmat koʼrsatishda:
yuridik taʼlimga oid oʼquv adabiyotlar, shuningdek badiiy adabiyotlarning axborot-kutubxona fondini tizimli asosda shakllantirish;
markazning axborot-kutubxona fondidan foydalanish qoidalariga muvofiq foydalanuvchilarga zarur shart-sharoitlarni yaratish;
texnikum oʼquvchilarining oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holatini aniqlab borish va umumlashtirish, shuningdek ularni axborot-kutubxona fondidagi oʼquv adabiyotlari haqida maʼlumotlar bilan taʼminlash;
foydalanuvchilarga markaz fondi toʼgʼrisida katalog, kartoteka va maʼlumotlar bazasi orqali toʼliq va tezkor maʼlumot berish;
foydalanuvchilarga oʼzining axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlar haqida maʼlumot berish maqsadida yangi adabiyotlar, shuningdek muayyan yoki muhim sanalarga bagʼishlangan adabiyotlar koʼrgazmalarini tashkil etish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazish, konferentsiyalar, seminar va boshqa tadbirlarda adabiyotlar koʼrgazmalari bilan ishtirok etish;
b) madaniy, maʼrifiy, axborot va boshqa loyihalar, aktsiyalarni amalga oshirish, shuningdek foydalanuvchilarning axborotga boʼlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida respublika axborot-kutubxona markazlari, milliy, madaniy-maʼrifiy markazlar, taʼlim muassasalari, tashkilotlar bilan hamkorlik oʼrnatishda:
foydalanuvchilarning axborotga boʼlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot-kutubxona fondini jamlash, hisobga olish, joylashtirish, saqlash va belgilangan tartibda hisobdan chiqarish;
nashrlarga obuna tashkil etishni amalga oshirish;
respublika axborot-kutubxona markazlari, milliy, madaniy-maʼrifiy markazlar, taʼlim muassasalari, tashkilotlar bilan hamkorlik oʼrnatish boʼyicha keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
v) markazning axborot-kutubxona xizmatlari turlarini kengaytirish, xizmat koʼrsatish sifatini yaxshilashda:
foydalanuvchilarni asosiy axborot xizmatlarini bepul koʼrsatish, asosiy xizmatlardan tashqari belgilangan tartibda pulli xizmat koʼrsatish, boshqa tashkilotlarga shartnoma boʼyicha xizmat koʼrsatish;
axborot-bibliografik madaniyati boʼyicha mashgʼulotlar olib borish, foydalanuvchilarga zamonaviy axborot-kutubxona xizmatini taqdim etish;
axborot-kutubxona jarayonini zamonaviy texnika bilan taʼminlash boʼyicha chora-tadbirlar amalga oshirish.

3-bob. Markazning huquq va majburiyatlari

    7. Markaz oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
dekanatlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʼlinmalardan zarur maʼlumot va hujjatlarni belgilangan tartibda olish;
texnikum rahbariyatiga markazning axborot-kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan toʼldirish, shuningdek markaz faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan mazkur maqsadda zarur jihozlar, texnik vositalar va boshqa ashyolar ajratish zarurligi yuzasidan takliflar kiritish;
foydalanuvchilar va markaz xodimlari tomonidan axborot-kutubxona fondi adabiyotlariga va markazning boshqa ashyolariga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda qoplanilishini talab qilish;
dekanatlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʼlinmalar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
texnikum faoliyatini samarali olib borilishida munosib hissa qoʼshgan, yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan markaz xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish.
Markaz qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

8. Markaz:

axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlarning saqlanishini taʼminlashga;
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida markazga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
foydalanuvchilarga axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlardan foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratishga;
markaz fondining saqlanishini taʼminlash maqsadida har oyda bir marotaba sanitar kunini tashkil qilishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Markazga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish

     9. Markazga texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik kiladi.

10. Markazda direktor rahbarligida 1 (2) nafar yetakchi mutaxassis, 2 nafar 1-toifali mutaxassis faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

    11. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Аxborot texnologiyalari va oʼqitishning texnik vositalari boʼlimi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

    1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax  viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Аxborot texnologiyalari va oʼkitishning texnik vositalari boʼlimi (keyingi oʼrinlarda boʼlim deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Boʼlim texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, oʼquv jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnik jihozlarning dasturiy taʼminoti, oʼqitishning zamonaviy texnik vositalari va yangi informatsion texnologiyalarni qoʼllashni tashkillashtirish bilan bogʼliq ishlarni amalga oshiradi.

3. Boʼlim oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Boʼlim bevosita direktorning oʼquv ishlari boʼyicha birinchi oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Boʼlimning vazifalari va funktsiyalari

   5. Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy taʼminotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini taʼminlash;
kompьyuter texnikalari, audio, video va boshqa uskunalarning holatini oʼrganish, soz holatda boʼlishini taʼminlash va ularni yangilab borish boʼyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
texnikumni oʼqitishning zamonaviy texnik vositalari va yangi informatsion texnologiyalar bilan muntazam yangilab borishni amalga oshirish;
texnikumda internet tarmogʼidan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilish;
rasmiy veb-sayt va elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini taʼminlash;
texnikum binolariga oʼrnatilgan turniket tizimidan foydalanish boʼyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

6. Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy taʼminotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini taʼminlashda:
kompьyuterlardagi mavjud texnik va dasturiy muammolarni bartaraf etish va takrorlanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oʼquv jarayonida kompьyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanish boʼyicha takliflar kiritish;
kompьyuter oʼquv xonalariga va kompьyuterlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlash, javobgar shaxslarni belgilash hamda kompьyuter oʼquv xonalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;
tarkibiy boʼlinmalarda foydalanilayotgan kompьyuterlarning tizim va ofis dasturlarini oʼrnatish va yangilab borish;
mavjud kompьyuterlarga oʼquv jarayoni uchun zaruriy dasturiy vositalarni oʼrnatish hamda kompьyuter texnika vositalariga xizmat koʼrsatish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish masalalariga bagʼishlangan oʼquv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;
b) kompьyuter texnikalari, audio, video va boshqa uskunalarning holatini oʼrganish, soz holatda boʼlishini taʼminlash va ularni yangilab borish boʼyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirishda:
tarkibiy boʼlinmalar xizmat xonalari va oʼquv auditoriyalarini oʼqitishning zamonaviy texnik vositalari bilan taʼminlanganlik holatini tahlil qilish va zarur hollarda ularni jihozlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oʼquv auditoriyalarni kompьyuter, proektor, videokuzatuv tizimi, ovoz kuchaytiruvchi texnikalar bilan jihozlash va ularni uzluksiz ishlashini taʼminlash;
tarkibiy boʼlinmalar tomondan kelib tushgan talabnomalar asosida kompьyuter va boshqa texnik vositalarni yangilash boʼyicha rahbariyatga takliflar kiritish;
kompьyuter texnikalari, audio, video va boshqa uskunalarni texnik koʼrikdan oʼtkazish hamda mavjud nosozliklarni tezkor bartaraf etish choralarini koʼrish;
texnikum lokal tarmogʼiga ulangan kompьyuterlarga va orgtexnikalarga texnik xizmat koʼrsatish;
texnikum binolarida va oʼquv xonalarida oʼrnatilgan videokuzatuv tizimini uzluksiz ishlab turishini taʼminlash va zarur hollarda texnik xizmat koʼrsatish;
kompьyuter va boshqa texnika vositasi nosoz holga kelganda tarkibiy boʼlinmalar tomonidan tushgan talabnomalar asosida taʼmirlash va kerakli texnik jihozlarga buyurtma berish;
v) texnikumni oʼqitishning zamonaviy texnik vositalari va yangi informatsion texnologiyalar bilan muntazam yangilab borishni amalga oshirishda:
texnikumda oʼqitishning texnik vositalarini muntazam yangilab borish boʼyicha texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlar uchun oʼquv jarayonini tashkil etishda oʼqitishning zamonaviy texnik vositalarni va yangi informatsion texnologiyalarni qoʼllash yuzasidan yoʼriqnomalar ishlab chiqish;
pedagog xodimlar va oʼquv yordamchi xodimlarni oʼqitishning zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish;
pedagog xodimlar uchun oʼquv jarayonini tashkil etishda oʼqitishning zamonaviy texnik vositalaridan samarali foydalanishlari uchun zarur choralarni koʼrish;
g) texnikumda internet tarmogʼidan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilishda:
kompьyuterlarni lokal tarmoqqa ulash va lokal tarmoqda ishlashini nazorat qilish;
kompьyuterlarga virusga qarshi (antivirus) dasturlarini oʼrnatish va ularning yangilab borilishini taʼminlash;
oʼquv binolariga oʼrnatilgan videokuzatuv tizimining doimiy ishlashini nazorat qilib borish;
internet tarmoqqa ulanish yuzasidan provayderlar bilan tegishli tartibda shartnomalarni rasmiylashtirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
xodim va oʼquvchilarni internet tarmogʼidan samarali foydalanishini taʼminlash hamda nazorat qilish;
internet tarmogʼiga ulanish hamda dasturiy va texnik tarmoqlararo ekran orqali internet tarmogʼini doimiy ishlashini nazorat qilish hamda turli xavflarni bartaraf etish choralarini koʼrish;
d) rasmiy veb-sayt va elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini taʼminlashda:
rasmiy veb-saytni takomillashtirib borish va texnikum faoliyatiga oid maʼlumotlar bilan oʼz vaqtida boyitib borish;
tarkibiy boʼlinmalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning texnikum elektron pochta xizmati bilan taʼminlash va ularni elektron pochtadan toʼgʼri foydalanishlarini kuzatib borish;
ye) texnikum binolariga oʼrnatilgan turniket tizimidan foydalanish boʼyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirishda:
oʼquv binolariga oʼrnatilgan turniket tizimidan samarali foydalanishni yoʼlga qoʼyish;
oʼquvchilar turar joyi binolariga turniket tizimini oʼrnatish boʼyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
texnikum binolariga oʼrnatilgan turniket tizimiga xodim va oʼquvchilar haqidagi maʼlumotlarni kiritish hamda yangilab borish;
xodim va oʼquvchilarning texnikum oʼquv binolariga kirib chiqishlarini taʼminlovchi maxsus kartochkalarini (chip) rasmiylashtirish va tegishli tarkibiy boʼlinmalarga tarqatish;
oʼquv binolariga oʼrnatilgan turniket tizimiga texnik xizmat koʼrsatish.

3-bob. Boʼlimning huquq va majburiyatlari

    7. Boʼlim oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
dekanatlar va texnikumning boshqa tarkibiy boʼlinmalaridan boʼlim faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan boʼlim xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
zarur hollarda oʼqitishning texnik vositalaridan notoʼgʼri foydalanish oqibatida nosozliklarni keltirib chiqargan xodim va oʼquvchilarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʼllash yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
boʼlim faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Boʼlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.

8. Boʼlim: texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida boʼlimga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Boʼlimga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Boʼlim faoliyatini tashkil etish

   9. Boʼlimga texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boʼlim boshligʼi rahbarlik qiladi.

10. Boʼlimda boʼlim boshligʼi rahbarligida 1 (2) nafar yetakchi mutaxassis va 2 (3) nafar texnik faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

  11. Boʼlimni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Buxgalteriyasi toʼgʼrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar

     1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Buxgalteriyasi (keyingi oʼrinlarda buxgalteriya deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Buxgalteriya texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, byudjet mablagʼlari, byudjetdan tashqari mablagʼlarni toʼgʼri sarflanishini taʼminlash hamda pul mablagʼlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi.

3. Buxgalteriya oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining    qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Buxgalteriya bevosita direktorning moliya-xoʼjalik ishlari boʼyicha oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Buxgalteriyaning vazifalari va funktsiyalari

      5. Quyidagilar buxgalteriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
buxgalteriya hisobini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
byudjet mablagʼlarini, shuningdek byudjetdan tashqari mablagʼlarni xarajatlar smetasida koʼzda tutilgan muayyan maqsadlarda toʼgʼri sarflanishini taʼminlash;
pul mablagʼlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirish;
xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni belgilangan tartibda oʼz vaqtida hisoblab chiqish;
belgilangan muddatlarda debitorlik qarzini undirib olishi va kreditorlik qarzini qaytarilishini taʼminlash;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish.

6. Buxgalteriya oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) buxgalteriya hisobini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etishda:
buxgalteriya hisobotlari toʼliq byudjet tashkilotlarining “UzASBO” avtomatlashtirilgan dastur tizimida amalga oshirilishini taʼminlash;
buxgalteriya hisobotlari yuritilishida axborot texnologiyalari vositalaridan keng foydalanish;
b) byudjet mablagʼlarini, shuningdek byudjetdan tashqari mablagʼlarni xarajatlar smetasida koʼzda tutilgan muayyan maqsadlarda toʼgʼri sarflanishini nazorat qilishda:
byudjet mablagʼlari uchun tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan xarajatlarni smeta doirasida sarflanishi taʼminlash;
byudjetdan tashqari oʼqitishning toʼlov-kontrakt shakli mablagʼlarini kelib tushishi nazoratini olib borish va smeta doirasida toʼgʼri va maqsadli sarflanishi taʼminlash;
texnikumning rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlarini Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablagʼ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 414-son qarori talablari asosida toʼgʼri shakllantirilishini va uni sarflanishini nazoratini olib borish.
v) texnikumning pul mablagʼlari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazoratni amalga oshirishda:
buxgalteriya ishlarini qonun hujjatlariga, standartlarga hamda buxgalteriya hisobining umumiy uslubiy tamoyillariga amal qilgan holda bajarish;
texnikumning hisob raqamlaridagi pul mablagʼlarini “UzASBO” avtomatlashtirilgan dastur tizimida, doimiy ravishda, kunlik harakatlarini hisobotini yuritish va uni kunlik qoldiqlarini nazorat qilib borish;
texnikum balansidagi moddiy qimmatliklarni butligi va saqlanishi boʼyicha yilda kamida bir marotaba sanoqdan oʼtkazishni taʼminlash va sanoq natijalarini buxgalteriya maʼlumotlari bilan taqqoslash hamda sanoq natijalari boʼyicha rahbariyatga maʼlumot taqdim etish;
pul mablagʼlari harakati, hisob-kitoblar va kredit-moliyaviy majburiyatlar, ishonch qogʼozi, toʼlov topshiriqnomalari va boshqa barcha rasmiy xujjatlarga ikkinchi imzoni qoʼyish;
moddiy javobgar shaxslar moddiy qiymatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini oʼtkazish;
moddiy javobgar shaxslar bilan moddiy javobgarlik toʼgʼrisida shartnomalarni oʼz vaqtida tuzilishini taʼminlash;
belgilangan muddatlarda asosiy vositalar, moddiy ashyolar, debitor va kreditor tashkilotlar boʼyicha inventarizatsiya (yalpi xatlash) oʼtkazish va solishtirish dalolatnomalari orqali yakunlar chiqarish;
g) texnikum xodimlarining ish haqlarini va unga tenglashtirilgan toʼlovlarni belgilangan tartibda oʼz vaqtida hisoblab chiqishda:
xodimlarning ish haqlarini toʼgʼri hisoblanishini taʼminlash;
xodimlariga ustamalar, mukofot, moddiy yordam pullari va soatbay toʼlovlarni texnikum direktorining buyruqlari asosida toʼgʼri hisoblash;
d) belgilangan muddatlarda debitorlik qarzini undirib olishi va kreditorlik qarzini taʼminlashda:
texnikumning byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlar smetasi ijrosi jarayonida hosil boʼlgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni oʼz vaqtida bartaraf etib borish;
ye) moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishda:
soliq hisobotlarini toʼgʼri va belgilangan muddatlarda taqdim etib borishni;
statistika organlariga oylik, chorak va yillik hisobotlarni toʼgʼri tayyorlash va taqdim etish;
hisobot yili uchun chorak va yillik moliyaviy hisobotlar tuzishda texnikumning barcha moliyaviy jarayonlarni qamrab olgan holda tuzilishini taʼminlash.

3-bob. Buxgalteriyaning huquq va majburiyatlari

     7. Buxgalteriya oʼz zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
texnikumning tarkibiy boʼlinmalaridan oʼz faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
buxgalteriya hisobi va hisobotlarini oʼz vaqtida toʼgʼri bajarilishiga toʼsqinlik qiluvchi obʼektiv va subʼektiv holatlarni bartaraf etish, lozim boʼlgan hollarda texnikum rahbariyatiga maʼlum qilish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan buxgalteriya xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
buxgalteriya faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Buxgalteriya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.

8. Buxgalteriya:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida buxgalteriyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
moliya vazirligi gʼaznachiligidagi barcha shaxsiy hisob raqamlardagi aktivlarning harakatiga oid jarayonlarni boshqarishga;
mablagʼlarni xarajatlar smetasi asosida sarflanishini taʼminlashga;
yagona ijtimoiy sugʼurta ajratmalari boʼyicha hisobotlarni oʼz vaqtida tayyorlash va topshirishga;
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʼlovlari boʼyicha hisobotlarni tuzish va taqdim etishga;
moddiy ashyolar kirimi, hisobi va harakati boʼyicha hisobotni yuritishga;
statistika organlariga oylik, chorak va yillik hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishga;
hisobot yili uchun chorak va yillik moliyaviy hisobotlar tuzish va tegishli tashkilotlarga oʼz vaqtida taqdim etishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Buxgalteriyaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Buxgalteriya faoliyatini tashkil etish

     9. Buxgalteriya faoliyatiga texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bosh buxgalter rahbarlik qiladi.

10. Buxgalteriyada bosh buxgalter rahbarligida 2 (3) nafar hisobchi faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

     11. Buxgalteriyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Dekanati toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

     1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning fakulьtet dekanati (keyingi oʼrinlarda dekanat deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Dekanat texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʼunlashgan holda olib borishni taʼminlaydi.

3. Dekanat oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Dekanat bevosita texnikum direktoriga boʼysunadi.

2-bob. Dekanatning vazifalari va funktsiyalari

     5. Quyidagilar dekanatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʼquvchilarni maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʼmaklashish, vatanparvarlik, fuqarolik tuygʼusi, bagʼrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʼlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida oʼz masʼuliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab yetish va unga rioya qilish ruhida tarbiyalash;
yoshlarni oʼquv-ijodiy ishlariga keng jalb etish, turli ilmiy-innovatsion tadbirlarni oʼtkazish va hamkorlikni tashkil etish;
taʼlim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish.

6. Dekanat oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) oʼquvchilarni maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʼmaklashish, vatanparvarlik, fuqarolik tuygʼusi, bagʼrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʼlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida oʼz masʼuliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab yetish va unga rioya qilish ruhida tarbiyalashda:
Oʼzbekiston mustaqilligi printsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib xissa qoʼsha oladigan yuqori malakali yuridik kadrlarni shakllantirish borasida davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
oʼquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish boʼyicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish maqsadida milliy qadriyatlar va anʼanalar, ajdodlarimizning boy madaniy merosini targʼib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlar tavalludini nishonlashga doir tadbirlarni amalga oshirish;
oʼquvchilarning qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda turli mavzular, yoʼnalishlar boʼyicha klublar, xususan ularning nutq madaniyati hamda tahliliy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan klublar tashkil qilish, oʼquvchilarni darsdan boʼsh vaqtini foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
Oʼquvchilar yashash uylarida yashovchi hamda ijarada turuvchi oʼquvchilar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish;
oʼquvchilar tomonidan texnikumning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash;
b) yoshlarni oʼquv-ijodiy ishlariga keng jalb etish, turli ilmiy-innovatsion tadbirlarni oʼtkazish va hamkorlikni tashkil etishda:
yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʼmaklashishga qaratilgan ilmiy-innovatsion klublarni tashkil etilishi va faoliyat yuritishini taʼminlash;
iqtidorli oʼquvchilarni xalqaro va respublika olimpiadalari, musobaqalari tanlovlarida ishtirok etishga tayyorlash;
yoshlar ishtirokida turli ijodiy-innovatsion tadbirlar, xususan konferentsiyalar, forumlar, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni tizimli ravishda oʼtkzalishini taʼminlash;
oʼquvchilar tomonidan global axborot-huquqiy va taʼlim resurslari imkoniyatlaridan keng foydalanishni taʼminlash;
amalga oshiriladigan innovatsion loyihalar va ularni amaliyotga joriy etish, innovatsion mexanizmlarni tatbiq etish borasida huquqni qoʼllash amaliyoti boʼyicha davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar oʼrnatishiga koʼmaklashish;
v) taʼlim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etishda:
oʼquvchilar kontingentini yuritish;
oʼquvchilar bilan bevosita uchrashuvlar tashkil etish orqali semestr davomida ularning oʼquv jarayoni sifati haqida fikrlarini oʼrganish va natijasi boʼyicha texnikum Kengashi va rahbariyatiga hisobot berish;
oʼquvchilarning oʼzlashtirishi va davomatini doimiy oʼrganish, umumlashtirish va oʼz vakolati doirasida tegishli choralar koʼrish;
Yoshlar bilan ishlash boʼlimi bilan hamkorlikda oʼquvchilarning davomatini yaxshilash boʼyicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
oʼquvchilarning joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar natijalarini Oʼquv-metodik boʼlim bilan hamkorlikda tahlil qilib borish;
oʼquvchilarning oʼquv dasturi boʼyicha oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik holati monitoringini olib borish;
oʼquvchilarning bilim olishga, malaka va koʼnikmalarga ega boʼlishga qiziqishlarini oshirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
oʼquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning huquqni qoʼllash faoliyati bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlash, oʼquvchilarda kasbiy koʼnikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash, interfaol usullarni qoʼllashni takomillashtirish maqsadida darslarga qatnashish va natijasi boʼyicha texnikum Kengashi va rahbariyatiga hisobot berish;
dekanatga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish va tozalikni saqlash, oʼquv bino qismlari holati va jihozlanishini doimiy nazorat qilish, oʼquv xonalarida oʼquv jarayoni uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha choralar koʼrish;
guruh sardorlarini tayinlash yoki ularni vazifasidan ozod qilish;
oʼquvchilar tomonidan kontrakt toʼlovlarining amalga oshirilganligi toʼgʼrisidagi hujjatlarni Marketing boʼlimiga umumlashtirish uchun taqdim etish;
oʼquvchilarga nisbatan intizomiy choralar qoʼllash va akademik taʼtil berish toʼgʼrisidagi direktor buyruqlari loyihalarini tayyorlash;
oʼquvchilarning shaxsiy yigʼmajildlarini yuritish;
oʼquvchilarga beriladigan hujjatlarning oʼz vaqtida tayyorlanishi va rasmiylashtirilishini taʼminlash.

3-bob. Dekanatning huquq va majburiyatlari

     7. Dekanat oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
kafedralar va texnikumning boshqa tarkibiy boʼlinmalaridan dekanat faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan iqtidorli oʼquvchilarni ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
dekanat faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Dekanat qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

8. Dekanat:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida dekanatga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
yangi oʼquv yiliga tayyorgarlik koʼrish va dekanatning yillik ish rejasini tuzishga;
davlat taʼlim standartlari talablari, mutaxassislik va kasblar fanlari boʼyicha bilim va koʼnikmalarga qoʼyiladigan talablar bajarilishini taʼminlashga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqish;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilish;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik
ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Dekanatga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Dekanat faoliyatini tashkil etish

     9. Dekanatga texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan dekan rahbarlik qiladi.

10. Dekanatda dekan rahbarligida 1 (2) nafar uslubchi faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

     11. Dekanatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining
Kadrlar boʼlimi toʼgʼrisida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi yuridik texnikumlari (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Kadrlar boʼlimi (keyingi oʼrinlarda boʼlim deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Boʼlim texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, xodimlarni ishga qabul qilish, joy-joyiga qoʼyish va ular bilan ishlash sohasidagi faoliyatni amalga oshiradi.

3. Boʼlim oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Boʼlim bevosita texnikum direktoriga boʼysunadi.

2-bob. Boʼlimning asosiy vazifalari va funktsiyalari

5. Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
pedagog xodim va boshqa xodimlar (keyingi oʼrinlarda xodimlar deb yuritiladi) tarkibini kasbiy pedagogik mahoratga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash, amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan mutaxassislarni keng jalb etish;
xodimlar bilan mehnat munosabatlarga doir tuziladigan hujjatlarni rasmiylashtirish;
xodimlarga oid zarur maʼlumotlar bazasini shakllantirib borish;
xodimlar bilan mehnat munosabatlarida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

6. Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) xodimlar tarkibini kasbiy pedagogik mahoratga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash, amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan mutaxassislarni keng jalb etishda:
texnikumning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq, shaffoflik asosida tegishli lavozimlar uchun xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish;
boʼsh ish oʼrinlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
xodimlarning amaliy va kasbiy sifatlarini oʼrganish, ularning kasbiy va lavozim pogʼonalari boʼyicha oʼsishini rejalashtirish;
xodimlarning belgilangan tartibda attestatsiyadan oʼtkazilishini tashkil etish, attestatsiya yakunlarini tahlil qilish, attestatsiya yakunlari boʼyicha tegishli hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirib borish;
b) xodimlar bilan mehnat munosabatlariga doir tuziladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda:
tanlov asosida xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga oʼtkazish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda hujjatlarni mehnat qonunchiligi asosida rasmiylashtirish;
xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy hujjatlar yigʼmajildlari, kartoteka va qatʼiy hisobda turuvchi boshqa hujjatlarini yuritish va saqlash;
xodimlarga xizmat ruxsatnomalari berish va qaytarib olish;
xodimlarning mehnat taʼtiliga chiqishlari va xizmat safarlariga yuborilishi va bu bilan bogʼliq hujjatlarni rasmiylashtirish;
belgilangan tartibda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish, texnikum xodimlariga pensiya tayinlanishi munosabati bilan zarur hujjatlarni tayyorlash;
boʼlim zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan texnikum xodimlari va ishga qabul qilinayotgan shaxslarga tegishli tushuntirishlar berish;
xodimlarga martaba darajalarini berish yuzasidan takliflar kiritish;
bitiruvchilarga beriladigan davlat namunasidagi blankalar (kasb-hunar maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomlar) hisobini yuritish, ularni bitiruvchilarga belgilangan tartibda topshirish, shuningdek diplom dublikatlarini rasmiylashtirish;
v) xodimlarga oid zarur maʼlumotlar bazasini shakllantirib borishda:
xodimlarning shaxsiy tarkibiga oid statistik hisobotlarni tayyorlash;
texnikumning xodimlar zaxirasini shakllantirish;
g) xodimlar bilan munosabatlarda mehnatga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishda:
ishga qabul qilinayotgan xodimlarni texnikumning mehnat qonunchiligiga oid barcha lokal hujjatlari bilan tanishtirish va unga amal qilinishini nazorat qilish;
oʼz vakolatlari doirasida xodimlarga nisbatan ragʼbatlantirish va intizomiy jazo choralari qoʼllash zarurligi yuzasidan texnikum direktoriga taklif kiritish;
mehnat faoliyatida alohida oʼrnak koʼrsatayotgan xodimlarni davlat mukofotlari, fahriy yorliqlar va boshqa turdagi mukofotlarga tavsiya etish bilan bogʼliq hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash;
xodimlar qoʼnimsizligining sabablarini oʼrganish, ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

3-bob. Boʼlimning huquq va majburiyatlari

7. Boʼlim oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
texnikumning tarkibiy boʼlinmalaridan boʼlim faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan boʼlim xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
boʼlim faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Boʼlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.

8. Boʼlim:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida boʼlimga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida
va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Boʼlimga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Boʼlim faoliyatini tashkil etish

9. Boʼlim faoliyatiga direktor tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boʼlim boshligʼi raxbarlik qiladi.

10. Boʼlimda kadrlar boʼlim boshligʼi rahbarligida 1 nafar kadrlar boʼyicha inspektor faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

11. Boʼlimni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Kantselyariya va arxivi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Kantselyariya va arxivi (keyingi oʼrinlarda Kantselyariya va arxiv deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Kantselyariya va arxiv texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, texnikumda ish yuritish va elektron hujjat almashinuvini taʼminlash hamda texnikum faoliyatiga oid arxiv hujjatlarini tizimli hisobga olish va tegishli sharoitda saqlashni amalga oshiradi.

3. Kantselyariya va arxiv oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Kantselyariya va arxiv bevosita texnikum direktoriga boʼysunadi.

2-bob. Kantselyariya va arxivning vazifalariva funktsiyalari

5. Quyidagilar Kantselyariya va arxivning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ish yuritish va elektron hujjat almashinuvini taʼminlash;
tarkibiy boʼlinmalarda muhr va shtamplar hisobini yuritish;
arxiv ish yurituvini taʼminlash.

6. Kantselyariya va arxiv oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) ish yuritish va elektron hujjat almashinuvini taʼminlashda:
kelib tushgan hujjatlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning yozma elektron murojaatlarini bir ish kuni davomida (zudlik bilan ijro etilishi lozim boʼlgan hujjatlar bundan mustasno) elektron dastur orqali tegishli kitoblarda roʼyxatdan oʼtkazish va kun davomida roʼyxatdan oʼtgan hujjatlarni kamida bir marotaba imzo uchun texnikum direktoriga taqdim etish;
texnikum direktori rezolyutsiyasidan soʼng hujjatlarning asl nusxasini rezolyutsiyada birinchi koʼrsatilgan maʼsul ijrochiga berish, qoʼshimcha ijrochilarga esa elektron dastur orqali nusxalarining yetkazilishini taʼminlash;
texnikum direktori tomonidan imzolangan buyruqlarni roʼyxatga olish va nusxalarini tegishli tarkibiy boʼlinmalarga maʼlumot va ijro uchun elektron dastur orqali tarqatish (imzo bilan tanishtirilishi lozim boʼlgan buyruqlar bundan mustasno);
texnikumning chiqish xatlari va hujjatlarini adresatlarga pochta orqali yetkazish;
b) tarkibiy boʼlinmalarda muhr va shtamplar hisobini yuritishda:
tarkibiy boʼlinmalarda mavjud boʼlgan muhr va shtamlar namunalarini alohida yuritiladigan kitobda qayd etish;
tarkibiy boʼlinmalar tugatilishi yoki qayta tashkil etilganligi sababli ulardagi muhr va shtamplarning namunalariga tegishli oʼzgartirishlar kiritish;
v) arxiv ish yurituvini taʼminlashda:
arxivni muntazam ravishda arxiv hujjatlari bilan jamlashni tashkil etish, tizimli hisobga olish va tegishli sharoitda saqlash, arxiv hujjatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va tegishli hollarda hujjatlar bilan ishlash jarayonida maxfiylikni taʼminlash;
idoraviy arxiv bilan kelishilgan holda tarkibiy boʼlinmalarning shaxsiy tarkib hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash hamda arxivga qabul qilingan yigʼmajildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini berish;
arxivda saqlanayotgan hujjatlarning tegishli qiymatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etish;
hujjatlarni yoʼq qilishga ajratish toʼgʼrisida dalolatnomalar tuzish.

3-bob. Kantselyariya va arxivning huquq va majburiyatlari

7. Kantselyariya va arxiv oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
texnikumning tarkibiy boʼlinmalaridan oʼz faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan Kantselyariya va arxiv xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
Kantselyariya va arxiv faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Kantselyariya va arxiv qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.

8. Kantselyariya va arxiv:
texnikum Kengashi qarorlari va direktorining buyruqlarida Kantselyariya va arxivga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Kantselyariya va arxivga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Kantselyariya va arxiv faoliyatini tashkil etish

9. Kantselyariya va arxivga texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan devonxona mudiri rahbarlik qiladi.

10. Kantselyariya va arxivda devonxona mudiri faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

11. Kantselyariya va arxivni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Monitoring va ichki nazorat boʼlimi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Monitoring va ichki nazorat boʼlimi (keyingi oʼrinlarda boʼlim deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining
2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Boʼlim texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, tarkibiy boʼlinmalar tomonidan ijro intizomiga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqilishi ustidan monitoring olib borish va nazoratni amalga oshirish, ichki nazorat samaradorligini oshirish, shuningdek texnikumda nazorat ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

3. Boʼlim oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Boʼlim bevosita texnikum direktoriga boʼysunadi.

2-bob. Boʼlimning vazifalari va funktsiyalari

5. Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ijro intizomiga rioya etilishi ustidan monitoring va ichki nazoratni olib borish;
tarkibiy boʼlinmalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy hal etilishi ustidan monitoring va ichki nazoratni olib borish;
ijro intizomiga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqilishi ahvolini tahlil qilish.

6. Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) texnikumda ijro intizomiga rioya etilishi ustidan monitoring va ichki nazoratni olib borishda;
Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, topshiriqlari, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlarini oʼz vaqtida va sifatli ijro etilishini monitoring qilish va nazoratni amalga oshirish;
Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etilishini taʼminlash;
dekanatlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʼlinmalar tomonidan har oʼquv yiliga moʼljallangan yarim yillik hamda yillik ish rejalari bajarilishini nazorat qilish;
nazorat kartochkalarini toʼgʼri va oʼz vaqtida yuritilishini taʼminlash;
ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan zarur koʼrsatmalar berish;
b) tarkibiy boʼlinmalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy hal etilishi ustidan monitoring va ichki nazoratni olib borishda:
texnikumga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʼz vaqtida va sifatli koʼrib chiqilishi ustidan muntazam nazorat olib borish;
texnikumda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish shaxsan mutasaddi rahbarlar tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilishi va oʼrnatilgan tartibda jurnallarda qayd etib borilishi hamda murojaatlarni har tomonlama va obʼektiv koʼrib chiqilishi, mualliflarga oʼz vaqtida asoslantirilgan javoblar berilishini tashkil etilishi ustidan muntazam nazorat olib borish;
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʼrib chiqilishi ustidan muntazam nazorat olib borish;
v) ijro intizomiga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqilishi ahvolini tahlil qilishda:
ijro intizomiga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqilishi ahvolini har oyda bir marotaba tahlil qilib, natijalari yuzasidan texnikum direktoriga axborot berish;
ijro intizomiga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqilishi ahvoli yuzasidan har chorakda texnikum Kengashida hisobot berish;
ijro nazorati samaradorligini oshirish boʼyicha takliflar tayyorlash.

3-bob. Boʼlimning huquq va majburiyatlari

7. Boʼlim oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
texnikumning tarkibiy boʼlinmalaridan boʼlim faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
zarur hollarda ijro intizomiga rioya qilmagan masʼul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini qoʼllash yuzasidan texnikum direktoriga takliflar kiritish;
hujjatlar bilan ishlash hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bagʼishlangan oʼquv-uslubiy va amaliy seminarlar tashkil etish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan boʼlim xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
boʼlim faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Boʼlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.

8. Boʼlim:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida boʼlimga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Boʼlimga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Boʼlim faoliyatini tashkil etish

9. Boʼlim tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boʼlim boshligʼi rahbarlik qiladi.

10. Boʼlimda boʼlim boshligʼi rahbarligida 1 nafar uslubchi faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

11. Boʼlimni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Psixologi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning psixologi (keyingi oʼrinlardapsixolog deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq joriy etilgan.

2. Psixolog texnikumda sogʼlom psixologik muhit yaratish, oʼquvchi, pedagog va boshqa xodimlar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni taʼminlash va munosabatlar jarayonini yaxshilashga doir muammolarni hal etishga masʼul hisoblanib, umumiy oʼquv va tarbiyaviy jarayonning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

3. Psixolog oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Psixolog direktorning yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Psixologning vazifalari va funktsiyalari

5. Quyidagilar psixologning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʼquvchining har tomonlama (jismoniy, ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy, intellektual, psixologik) uygʼun taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
oʼquvchiga oʼqishga adaptatsiya qilish jarayonida oʼzini anglash va kasbiy shakllanish va shaxsiy psixologik muammolarida kompleks yordam koʼrsatish;
texnikum miqiyosida pedagogik jarayonning samaradorligini taʼminlovchi turli psixologik muammolar yechimida xodim va oʼquvchilarga yordam berish.

6. Psixolog oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) oʼquvchining har tomonlama (jismoniy, ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy, intellektual, psixologik) uygʼun taraqqiyoti uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishda:
oʼquvchining yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqish va amalga oshirish;
xodim va oʼquvchi intellektini rivojlantirish jarayoniga faol taʼsir oʼtkazishga qaratilgan psixologik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlarini amalga oshirish;
psixologik madaniyatni oʼstirish va targʼib qilish maqsadida texnikum pedagog xodimlari va oʼquvchilari bilanmaʼruzalar va trening mashgʼulotlarini oʼtkazish;
oʼquvchilarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy-psixologik diagnostika oʼtkazish;
texnikumda guruhiy va individual psixologik tajribalar oʼtkazish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oʼquvchilarni aniqlashda ishtirok etish;
b) oʼquvchiga oʼqishga adaptatsiya qilish jarayonida oʼzini anglash va kasbiy shakllanish va shaxsiy psixologik muammolarida kompleks yordam koʼrsatishda:
oʼquvchilar guruhlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan oʼrganish va natijasi boʼyicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
oʼquvchilarning oʼqishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq oʼrganishga yoʼnaltirilgan guruhiy yoki individual psixodiagnostik tadqiqotlar olib borish;
oʼquvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini, taʼlim-tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlash;
oʼquvchilar bilan maxsus individual, shuningdek boshqa shakllarda rivojlantikruvchi va korrektsion ishlar olib borish;
oʼquvchilar guruhiga tarbiyaviy taʼsir oʼtkazishga yoʼnaltirilgan mashgʼulotlarni oʼtkazish;
v) texnikum miqiyosida pedagogik jarayonning samaradorligini taʼminlovchi turli psixologik muammolar yechimida xodim va oʼquvchilarga yordam berishda:
texnikum xodim va oʼquvchilari uchun sogʼlom psixologik muhit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni taʼminlashga qaratilgan psixoprofilaktik faoliyatni amalga oshirish;
oʼquvchilar va pedagogik jamoada eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus psixologik tadbirlar olib borish,
oʼquvchilar taʼlim va tarbiyasi bilan shugʼullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan texnikum rahbariyati, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish;
mushkul vaziyatlarga tushib qolgan oʼquvchilarga individual maslahatlar berish;
xodimlar, psixologik yordamga muhtoj oʼquvchilar va ota-onalar oʼrtasidagi nizolar bilan ishlash;
xavf-xatarga moyil oʼquvchilar bilan ishlashda yagona yondashuvlarga doir uslubiy koʼrsatmalarni ishlab chiqish;
ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashgʼulotlar olib borish;
pedagogik jamoada muomala madaniyatini takomillashtirish, oʼquvchilar bilan pedagoglarning muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan pedagogik jamoalarda keng koʼlamda maslahatlar berish.

3-bob. Psixologning huquq va majburiyatlari

7. Psixolog oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
texnikum dekanatlari, kafedralari va boshqa tarkibiy boʼlinmalaridan zarur maʼlumot va hujjatlarni belgilangan tartibda olish;
texnikum Kengashi, majlislar va boshqa tadbirlarida, shuningdek psixolog faoliyati boʼyicha metodik seminarlarda ishtirok etish;
direktorning yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosari va dekanatlar bilan kelishgan holda xodimlar hamda oʼquvchilarni maxsus psixologik tadbirlarga bevosita jalb qilish;
dekanatlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʼlinmalar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
psixologik jarayonda pedagogxodimlar va oʼquvchilar xulqi, oʼquv faoliyati xususiyatlarini kuzatish maqsadida dars va auditoriyadan tashqari mashgʼulotlarda qatnashish;
guruhiy va individual psixologik tadqiqot ishlarini olib borish;
murabbiylar, ota-onalar va oʼquvchilarning yigʼilishlarida ishtirok etish;
zaruriyat tugʼilganda tibbiy va defektologik muassasalarga murojaat etish;
oʼz faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Psixolog qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

8. Psixolog:
texnikum Kengashi qarorlari va direktorining buyruqlarida unga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
adekvat diagnostik va korrektsion metodlarni amalga oshirish, psixologik diagnozlarni aniq qoʼyish hamda asoslangan tavsiyalar berishga;
oʼquv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish bilan bogʼliq masalalarni texnikum rahbariyatiga yetkazishga;
kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʼz kasbiy malakasini oshirishga;
konsulьtativ jarayonda olingan shaxsiy axborot maxfiyligini taʼminlashga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Psixologga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Yakuniy qoidalar

9. Psixolog texnikum direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

10. Psixolog faoliyati texnikum direktori tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida tashkil etiladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Oʼquv-metodik boʼlimi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Oʼquv-metodik boʼlimi (keyingi oʼrinlarda boʼlim deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi
va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Boʼlim yuridik texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, texnikumdagi oʼquv, oʼquv-uslubiy ishlarni muvofiqlashtiradi.

3. Boʼlim oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Boʼlim bevosita direktorning oʼquv ishlari boʼyicha birinchi oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Boʼlimning vazifalari va funktsiyalari

5. Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
texnikumda davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining talab yuqori boʼlgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar boʼyicha tizimli fikrlash qobiliyati, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllashning amaliy koʼnikmalariga ega boʼlgan va xorijiy tillarni biladigan kasb-hunar taʼlimi boʼyicha yuridik kadrlarni tayyorlashda oʼqitishning innovatsion metodlaridan foydalangan holda oʼquv jarayonini tashkil qilish;
yangi avlod darsliklari va oʼquv qoʼllanmalarining tayyorlanishi va muntazam yangilab borilishini muvofiqlashtirish;
texnikumning oʼquv, oʼquv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
oʼquvchilar kontingenti bilan samarali ish olib borish.

6. Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) texnikumda davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining talab yuqori boʼlgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar boʼyicha tizimli fikrlash qobiliyati, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʼllashning amaliy koʼnikmalariga ega boʼlgan va xorijiy tillarni biladigan kasb-hunar taʼlimi boʼyicha yuridik kadrlarni tayyorlashda oʼqitishning innovatsion metodlaridan foydalangan holda oʼquv jarayonini tashkil qilishda:
oʼquv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar boʼyicha boy ish tajribasiga ega boʼlgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish;
dars jadvallari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
qonun hujjatlariga muvofiq texnikum oʼquvchilari bilimini nazorat qilish va baholash, shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish, oʼquvchilarning reyting balli haqidagi maʼlumotni yuritish;
oʼquv jarayonini huquqni qoʼllash amaliyoti bilan uzviy bogʼliqligini taʼminlashga, shuningdek oʼquvchilarda tahliliy fikrlash va kasbiy koʼnikmalarni rivojlantirishga, fundamental bazaviy, shuningdek amaliy kasbiy tayyorgarligini taʼminlashga qaratilgan reja, dastur, oʼquv-uslubiy materiallarni ishlab chiqilishi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universitetiga taklif kiritish;
kafedralar tomonidan oʼquv reja va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim dasturlari bilan muntazam ravishda qiyosiy tahlil qilinishini muvofiqlashtirish;
b) yangi avlod darsliklari va oʼquv qoʼllanmalarining tayyorlanishi va muntazam yangilab borilishini muvofiqlashtirishda:
yangi avlod darsliklari va oʼquv qoʼllanmalarini takomillashtirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
yangi avlod darsliklari va oʼquv qoʼllanmalarini tayorlash boʼyicha ishlarni tashkil etish;
oʼquv-uslubiy materiallarning elektron shaklini internet tarmogʼida joylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
v) texnikumning oʼquv, oʼquv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirishda:
dekanat va kafedralarning oʼquv, oʼquv-uslubiy yoʼnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazilishi sifat darajasini aniqlash maqsadida dars mashgʼulotlarida ishtirok etish;
oʼquv, oʼquv-uslubiy ishlarga doir hisobotlar tayyorlash va texnikum rahbariyatiga taqdim etib borish;
g) oʼquvchilar kontingenti bilan samarali ish olib borishda:
semestr davomida oʼtilgan tegishli fandan yetarlicha ball toʼplay olmagan oʼquvchilarni kursda qoldirish boʼyicha texnikum rahbariyatiga taklif kiritish;
har semestr va oʼquv yili yakunida fanlar boʼyicha oʼquvchilarning umumiy reyting ballini eʼlon qilish;
oʼquvchilarni kursdan kursga oʼtkazish, qayta tiklash toʼgʼrisidagi texnikum direktori buyruqlari loyihalarini tayyorlash.

3-bob. Boʼlimning huquq va majburiyatlari

7. Boʼlim oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
dekanatlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʼlinmalardan boʼlim faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
texnikum faoliyatini samarali olib borilishida munosib hissa qoʼshgan, yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan boʼlim xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
boʼlim faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
boʼlim qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
8. Boʼlim:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida boʼlimga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
oʼquv, oʼquv-uslubiy ishlarga doir hujjatlarni toʼgʼri rasmiylashtirilishi va yuritilishini taʼminlashga;
oʼquvchilar bilimining xolis va adolatli baholanishini taʼminlash hamda uning natijalarini oʼz vaqtida maʼlum qilishga;
fanlar boʼyicha oʼquvchilarning oʼzlashtirish koʼrsatkichlarini tahlil qilib borishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Boʼlimga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Boʼlim faoliyatini tashkil etish

9. Boʼlim faoliyatiga direktor tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boʼlim boshligʼi rahbarlik qiladi.

10. Boʼlimda boʼlim boshligʼi rahbarligida 2 (3) nafar uslubchi faoliyat yuritadi.

11. Texnikumning boshqa tarkibiy boʼlinmalari va xodimlari tomonidan boʼlim faoliyatiga, ayniqsa, oʼquvchilarning bilimini nazorat qilish va baholashning xolisligiga toʼsqinlik qiluvchi har qanday aralashuv taqiqlanadi. Mazkur qoida texnikumning boshqa tarkibiy boʼlinmalari va xodimlari tomonidan direktor topshirigʼiga koʼra boʼlim faoliyatining tekshirilishiga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

5-bob. Yakuniy qoida

12. Boʼlimni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining
Oʼquvchilar turar joyi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Oʼquvchilar turar joyi (keyingi oʼrinlarda Oʼquvchilar turar joyi deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining
2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Oʼquvchilar turar joyi texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, texnikumga respublikaning boshqa hududlari va xorijiy mamlakatlardan kelib taʼlim olayotgan oʼquvchilarini vaqtincha turar joyi bilan taʼminlashda joriy rahbarlikni amalga oshiradi.

3. Oʼquvchilar turar joyi oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi Hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Oʼquvchilar turar joyi bevosita direktorning yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Oʼquvchilar turar joyining vazifalari va funktsiyalari

5. Oʼquvchilar turar joyining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oʼquvchilarning taʼlim va tarbiya olishlari uchun Oʼquvchilar turar joyida munosib shart-sharoitlar yaratish;
Oʼquvchilar turar joyida yashash uchun tavsiya etilgan oʼquvchilarni joylashtirish, ularning kontingenti bilan samarali ish olib borish;
Oʼquvchilar turar joyida oʼquvchilarning oʼzini oʼzi boshqaruvini tashkil etish hamda oʼrnatilgan ichki tartib qoidalariga rioya etilishini taʼminlash.

6. Oʼquvchilar turar joyi oʼziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) oʼquvchilarning taʼlim va tarbiya olishlari uchun turar joyida munosib shart-sharoitlar yaratishda:
Oʼquvchilar turar joyida oʼquvchilarning yashashi, oʼz ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, sanʼat va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratish;
Oʼquvchilar turar joyida texnikum tomonidan moddiy-texnika taʼminoti, uni kapital va joriy taʼmirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebelь, xona jihozlari (koʼrpa-toʼshak, yopinchiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, taʼmirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini taʼminlash, kommunal-xoʼjalik xizmatlari (issiq va sovuq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiq suv kuvurlarini taʼmirlash) va boshqa shart- sharoitlar taʼminlash;
maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, oʼquv va dars tayyorlash xonasi, dam olish xonasi, tibbiyot xonasi, yuvinish xonasi, buyumlarni saqlash xonasi, oshxona, sport va kino zallari va ota-onalar xonalarini muntazam foydalanishga yaroqli holda saqlash;
oʼquvchilarni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish uchun texnikum kafedralari va turli tashkilotlar bilan reja asosida va rejadan tashqari maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirish;
b) Oʼquvchilar turar joyida yashash uchun tavsiya etilgan oʼquvchilarni joylashtirish, ularning kontingenti bilan samarali ish olib borishda:
Oʼquvchilar turar joyida yashashga tavsiya etilgan oʼquvchilar bilan “Oʼquvchilar turar joyidan xona va jixozlar berish toʼgʼrisida” shartnoma va “Oʼquvchilar turar joyidan xona va jixozlarni topshirish-qabul qilish” dalolatnomalari tuzish va tibbiy koʼrikdan oʼtkazish bilan bogʼliq ishlarni tashkillashtirish;
Oʼquvchilar turar joyiga joylashgan oʼquvchilarni yashash xonalariga joylashtirish, sanitariya-gigiena normalarini bajarilishini taʼminlash, xar bir yashash xonasi uchun xona sigʼimidan kelib chiqib, yashash uchun zarur anjomlar bilan taʼminlash;
Oʼquvchilar turar joyida istiqomat qiluvchi oʼquvchilarning shaxsiy varagʼi, ular haqidagi umumiy maʼlumotlar va statistik jadvallarni yuritish;
v) Oʼquvchilar turar joyida oʼquvchilarning oʼzini oʼzi boshqaruvini tashkil etish hamda oʼrnatilgan ichki tartib qoidalariga rioya etilishini taʼminlashda;
Oʼquvchilar turar joyida oʼquvchilarning oʼzini oʼzi boshqaruvini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida oʼquvchilar kengashini tashkil etish;
Oʼquvchilar turar joyida oʼrnatilgan ichki tartib qoidalari, kirish-chiqish tartibiga rioya etilishini taʼminlash.

3-bob. Oʼquvchilar turar joyining huquq va majburiyatlari

7. Oʼquvchilar turar joyi oʼziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
texnikumning tarkibiy boʼlinmalaridan oʼz faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
Oʼquvchilar turar joyi moddiy texnik bazasidagi kamchiliklarni toʼldirish va munosib shart sharoitlar yaratish uchun kollej rahbariyatiga takliflar kiritish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan Oʼquvchilar yashash uylari xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
Oʼquvchilar turar joyi faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Oʼquvchilar turar joyi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.

8. Oʼquvchilar turar joyi:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida Oʼquvchilar turar joyi yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Oʼquvchilar turar joyiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Oʼquvchilar turar joyi faoliyatini tashkil qilish tartibi

9. Oʼquvchilar turar joyi texnikum direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan mudir boshqaradi.

10. Oʼquvchilar turar joyida mudir boshqaruvida shtatlar jadvaliga muvofiq belgilanadigan xodimlar faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

11. Oʼquvchilar turar joyini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Ekspluatatsiya-xoʼjalik boʼlimi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning ekspluatatsiya-xoʼjalik boʼlimi (keyingi oʼrinlarda boʼlim deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining 2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Boʼlim texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, texnikum binolari, xonalari va asbob-uskunalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat koʼrsatishni amalga oshiradi.

3. Boʼlim oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Boʼlim bevosita direktorning moliya-xoʼjalik ishlari boʼyicha oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Boʼlimning vazifalari va funktsiyalari

5. Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
texnikum hududi va binolari holatini doimiy nazorat qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
oʼquv binolari hamda oʼquvchilar yashash uylari binolarini kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil etish;
avtotransport vositalarning texnik holatini koʼzdan kechirish, yoʼl varaqalarini berish va avtotransport vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
xonalarning jihozlanish holatini muntazam nazorat qilish;
ichki va tashqi aloqa vositalarini doimiy soz holatda boʼlishini taʼminlash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish.

6. Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) texnikum hududi va binolari holatini doimiy nazorat qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda:
xoʼjalik jihozlarning ayrim qismlarini qisman almashtirish va tuzatish hamda jihozlarni taʼmirlash va butlash (yoki) yangisiga almashtirishni tashkil etish zarur boʼlganda, tegishli tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qilish;
santexnika vositalarini doimiy soz holatda boʼlishini taʼminlash, zarur hollarda ushbu jihozlarning ayrim qismlarini almashtirish, tuzatish yoki yangisiga almashtirish;
texnikumda koʼkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini olib borish;
oʼquv binolari hamda oʼquvchilar yashash uylari binolarining isitish tizimini doimiy soz holatda boʼlishini taʼminlash;
oʼquv binolari hamda oʼquvchilar yashash uylari binolarining elektr tizimini doimiy nazoratga olish, elektrotexnika vositalarini yaxshi ishlashini taʼminlash, ayrim nosoz qismlarini taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish;
oʼquvchilar yashash uylarida yashaydigan oʼquvchilarga qulay
shart-sharoitlar yaratish, barcha xoʼjalik buyumlarining but holatda boʼlishini taʼminlash;
b) oʼquv binolari, oʼquvchilar yashash uylari binolarini kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil etishda:
tarkibiy boʼlinma rahbarlari, bino komendantlari hamda oʼquvchilar yashash uylari mudiridan kelib tushgan talabnomalar, tegishli dalolatnomalarga asosan loyihalash tashkilotlari bilan shartnoma asosida loyiha-smeta hujjatlari tuzilib, tegishli tartibda ekspertizadan oʼtkazilgandan soʼng kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
oʼquvchilar yashash uylari yashaydigan oʼquvchilarga qulay
shart-sharoitlar yaratish, barcha xoʼjalik buyumlarining but holatda boʼlishini taʼminlash;
oʼquv va oʼquvchilar yashash uylari binolarini kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
v) avtotransport vositalarining texnik holatini koʼzdan kechirish, yoʼl varaqalarini berish va avtotransport vositalaridan samarali foydalanishni nazorat qilishda:
navbatchi avtotransport vositalari ishini tashkil etish boʼyicha takliflar kiritish;
avtoransport vositalarning saqlanishi, ulardan foydalanish va texnik jihatdan soz holatda boʼlishini nazorat qilish, ayrim nosoz qismlarini taʼmirlash yoki yangisiga almashtirishni taʼminlash;
g) texnikum xonalarining jihozlanish holatini muntazam nazorat qilishda:
binolarni mebelь, inventarь va ichki koʼrinish jihozlari bilan taʼminlash;
tozalikni saqlash, oʼquv xonalarini oʼquv jarayoni uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
mavjud xoʼjalik jihozlarini doimiy but holatda boʼlishini taʼminlash;
d) ichki va tashqi aloqa vositalarini doimiy soz holatda boʼlishini taʼminlash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etishda:
ichki va tashqi aloqa vositalarini texnik jihatdan soz holatda boʼlishini nazorat qilish;
zarur hollarda ushbu vositalarning ayrim nosoz qismlarini taʼmirlash va yangisiga almashtirish.

3-bob. Boʼlimning huquq va majburiyatlari

7. Boʼlim oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
texnikumning tarkibiy boʼlinmalaridan boʼlim faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan boʼlim xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
boʼlim faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Boʼlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

8. Boʼlim:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida boʼlimga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Boʼlimga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Boʼlim faoliyatini tashkil etish

9. Boʼlim faoliyatiga texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boʼlim boshligʼi rahbarlik qiladi.

10. Boʼlimda boʼlim boshligʼi rahbarligida shtatlar jadvaliga muvofiq belgilanadigan xodimlar faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

11. Boʼlimni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumining

Shartnomaviy taʼlim xizmatlari boʼlimi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning shartnomaviy taʼlim xizmatlari boʼlimi (keyingi oʼrinlarda boʼlim deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son, 2020 yil 29 apreldagi “Oʼzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi
PF-5987-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirining
2020 yil 12 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlari boshqaruv, texnik, xizmat koʼrsatuvchi va oʼquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 136-um-son buyrugʼiga muvofiq tashkil etilgan.

2. Boʼlim texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, toʼlov-kontrakt asosida oʼqitish uchun kontraktlarni rasmiylashtirilishini taʼminlash, oʼqitishning toʼlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʼlar hisobini yuritish ishlarini amalga oshiradi.

3. Boʼlim oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼat qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

4. Boʼlim bevosita direktorning moliya-xoʼjalik ishlari boʼyicha oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Boʼlimning vazifalari va funktsiyalari

5. Quyidagilar boʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
toʼlov-kontrakt asosida oʼqitish uchun ikki yoki uch tomonlama kontraktlarni (keyingi oʼrinlarda kontrakt deb yuritiladi) tuzilishini taʼminlash;
kontraktlar boʼyicha toʼlovlarning oʼz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va tushgan mablagʼlar hisobini yuritish.

6. Boʼlim oʼziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) kontraktlarni tuzilishini taʼminlashda:
toʼlov-kontrakt asosida oʼquvchilikka tavsiya etilib, dars mashgʼulotlariga qatnashishga ruxsat etilgan hamda kursdan kursga oʼtkazilayotgan va oʼqishga qayta tiklangan oʼquvchilar bilan kontraktlarni rasmiylashtirish;
oʼqishga qabul qilingan xorijiy fuqarolar bilan belgilangan shaklda kontraktlarni rasmiylashtirish va toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
oʼquvchilar tomonidan kontrakt toʼlovlarning amalga oshirilganligi toʼgʼrisida hujjatlarni dekanatlar orqali qabul qilib olish va yuritish;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari oʼrtasida oʼquvchilar bilan rasmiylashtirilgan kontraktlar shartlari, toʼlovlarni amalga oshirish tartibi haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
b) kontraktlar boʼyicha toʼlovlarning oʼz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va tushgan mablagʼlar hisobini yuritishda:
dekanatlarga kontraktlar boʼyicha toʼlovlarning amalga oshirilishi yuzasidan maʼlumotlarni taqdim etish;
oʼqitishning toʼlov-kontrakt shakli boʼyicha tushgan mablagʼlar toʼgʼrisidagi hisobotlarni oʼz vaqtida tayyorlash;
oʼqitishning toʼlov-kontrakt shakli boʼyicha tushumlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda texnikum buxgalteriyasiga taqdim etib borish;
oʼqitishning toʼlov-kontrakt shakli boʼyicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni koʼrib chiqib, direktorning moliya-xoʼjalik ishlari boʼyicha oʼrinbosariga takliflar kiritish;
oʼqitishning toʼlov-kontrakt shakli boʼyicha tushgan mablagʼlarga oid tahliliy maʼlumotlarni direktorning moliya-xoʼjalik ishlari boʼyicha oʼrinbosariga doimiy ravishda taqdim etib borish.

3-bob. Boʼlimning huquq va majburiyatlari

7. Boʼlim oʼz zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
dekanatlar va texnikumning boshqa tarkibiy boʼlinmalaridan boʼlim faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan boʼlim xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
boʼlim faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Boʼlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

8. Boʼlim:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida boʼlimga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Boʼlimga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

4-bob. Boʼlim faoliyatini tashkil etish

9. Boʼlimda texnikum direktori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan 1 nafar yetakchi mutaxassis faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

10. Boʼlimni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.