O’quvchilar turar joyi

Jizzax viloyati yuridik texnikumi direktorining

2020 yil “16” oktyabrdagi 77-son buyrugʼiga

11-ILOVА

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi
Jizzax viloyati yuridik texnikumining
Oʼquvchilar yashash uyi toʼgʼrisida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Jizzax viloyati yuridik texnikumi (keyingi oʼrinlarda texnikum deb yuritiladi)ning Oʼquvchilar yashash uyi (keyingi oʼrinlarda Oʼquvchilar yashash uyi deb yuritiladi) Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʼqishni tashkil qilish choralari toʼgʼrisida”gi 858-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
2. Oʼquvchilar yashash uyi texnikumning tarkibiy boʼlinmasi hisoblanib, texnikumga respublikaning boshqa hududlari va xorijiy mamlakatlardan kelib taʼlim olayotgan oʼquvchilarini vaqtincha yashash joyi bilan taʼminlashda joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
3. Oʼquvchilar yashash uyi oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, texnikum Ustavi, texnikum Kengashi qarorlari, texnikum direktorining buyruqlari, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.
4. Oʼquvchilar yashash uyi bevosita direktorning yoshlar bilan ishlash boʼyicha oʼrinbosariga boʼysunadi.

2-bob. Oʼquvchilar yashash uyining vazifalari va funktsiyalari

5. Oʼquvchilar yashash uyining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oʼquvchilarning taʼlim va tarbiya olishlari uchun Oʼquvchilar yashash uylarida munosib shart-sharoitlar yaratish;
Oʼquvchilar yashash uyiga yashash uchun tavsiya etilgan oʼquvchilarni joylashtirish, ularning kontingenti bilan samarali ish olib borish;
Oʼquvchilar yashash uyida oʼquvchilarning oʼzini oʼzi boshqaruvini tashkil etish hamda oʼrnatilgan ichki tartib qoidalariga rioya etilishini taʼminlash.
6. Oʼquvchilar yashash uyi oʼziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) oʼquvchilarning taʼlim va tarbiya olishlari uchun Oʼquvchilar yashash uylarida munosib shart-sharoitlar yaratishda:
Oʼquvchilar yashash uyida oʼquvchilarning yashashi, oʼz ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, sanʼat va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratish;
Oʼquvchilar yashash uyida texnikum tomonidan moddiy-texnika taʼminoti, uni kapital va joriy taʼmirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebelь, xona jihozlari (koʼrpa-toʼshak, yopinchiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, taʼmirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini taʼminlash, kommunal-xoʼjalik xizmatlari (issiq va sovuq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiq suv kuvurlarini taʼmirlash) va boshqa shart- sharoitlar taʼminlash;
maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, oʼquv va dars tayyorlash xonasi, dam olish xonasi, tibbiyot xonasi, yuvinish xonasi, buyumlarni saqlash xonasi, oshxona, sport va kino zallari va ota-onalar xonalarini muntazam foydalanishga yaroqli holda saqlash;
oʼquvchilarni boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish uchun texnikum kafedralari va turli tashkilotlar bilan reja asosida va rejadan tashqari maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirish;
b) Oʼquvchilar yashash uyiga yashash uchun tavsiya etilgan oʼquvchilarni joylashtirish, ularning kontingenti bilan samarali ish olib borishda:
Oʼquvchilar yashash uyida yashashga tavsiya etilgan oʼquvchilar bilan “Oʼquvchilar yashash uylaridan xona va jixozlar berish toʼgʼrisida” shartnoma va “Oʼquvchilar yashash uylaridan xona va jixozlarni topshirish-qabul qilish” dalolatnomalari tuzish va tibbiy koʼrikdan oʼtkazish bilan bogʼliq ishlarni tashkillashtirish;
Oʼquvchilar yashash uyiga joylashgan oʼquvchilarni yashash xonalariga joylashtirish, sanitariya-gigiena normalarini bajarilishini taʼminlash, xar bir yashash xonasi uchun xona sigʼimidan kelib chiqib, yashash uchun zarur anjomlar bilan taʼminlash;
Oʼquvchilar yashash uyida istiqomat qiluvchi oʼquvchilarning shaxsiy varagʼi, ular haqidagi umumiy maʼlumotlar va statistik jadvallarni yuritish;
v) Oʼquvchilar yashash uyida oʼquvchilarning oʼzini oʼzi boshqaruvini tashkil etish hamda oʼrnatilgan ichki tartib qoidalariga rioya etilishini taʼminlashda;
Oʼquvchilar yashash uyida oʼquvchilarning oʼzini oʼzi boshqaruvini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida oʼquvchilar kengashini tashkil etish;
Oʼquvchilar yashash uyida oʼrnatilgan ichki tartib qoidalari, kirish-chiqish tartibiga rioya etilishini taʼminlash.

3-bob. Oʼquvchilar yashash uyining huquq va majburiyatlari

7. Oʼquvchilar yashash uyi oʼziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
texnikumning tarkibiy boʼlinmalaridan oʼz faoliyatiga taalluqli materiallar va maʼlumotlarni soʼrab olish;
Oʼquvchilar yashash uyi moddiy texnik bazasidagi kamchiliklarni toʼldirish va munosib shart sharoitlar yaratish uchun texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
texnikum faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qoʼshgan, oʼzining isteʼdodi va bilimini namoyon qila olgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, turli sohalarda yutuqlarga erishgan, fidoiylik namunasini koʼrsatgan Oʼquvchilar yashash uylari xodimlarini ragʼbatlantirish yuzasidan texnikum rahbariyatiga takliflar kiritish;
Oʼquvchilar yashash uyi faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Oʼquvchilar yashash uyi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlish mumkin.
8. Oʼquvchilar yashash uylari:
texnikum Kengashining qarorlari va direktorining buyruqlarida Oʼquvchilar yashash uylariga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga;
texnikum rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni oʼz vaqtida va sifatli bajarishga;
faoliyatining barcha yoʼnalishlari boʼyicha yuqori samaradorlikni taʼminlashga, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etishga;
oʼz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʼrib chiqishga;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari uchun belgilangan tartibda shaxsiy qabullarni tashkil qilishga;
mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini taʼminlashga;
texnikum ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etishga majbur.
Oʼquvchilar yashash uyiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

9. Oʼquvchilar yashash uyini texnikum direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rahbar boshqaradi.
10. Oʼquvchilar yashash uyida rahbar boshqaruvida shtatlar jadvaliga muvofiq belgilanadigan xodimlar faoliyat yuritadi.

5-bob. Yakuniy qoida

11. Oʼquvchilar yashash uyini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.