ARM haqida ma’lumot

  Jizzax viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi fondi haqida ma’lumot.

 

Jizzax viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markazi ikkita xonadan:  o’quv zali va kutubxona fondi xonasidan iborat. O’quv zali 30 (o’ttiz) nafar o’quvchiga mo’ljallangan. Kutubxonaning umumiy fondi 6754 nusxani tashkil etadi. Shundan: darsliklar 4932 nusxa, siyosiy adabiyotlar 523 nusxa, badiiy adabiyotlar hamda ommabop adabiyotlar 1299 nusxani tashkil etadi. Darsliklarning 2302 nusxasi umumta’lim fanlar, 1580 nusxasi umumkasbiy fanlar, 1048 nusxasi maxsus fanlarni tashkil etadi. ARM 6 ta kompyuter va 1 ta printer bilan ta’minlangan bo’lib   “ZIYONET” ta’lim tarmog’iga   ulangan .

Hozirgi kunda   Axborot-resurs markazi 384 nafar kitobxonga  xizmat qiladi. Shundan 345 nafari o’quvchilar, 20 nafari o’qituvchilar, 19 nafari  Uchariq mahallasi mahalliy aholisi hisoblanadi.  Axborot-resurs markazining  kitoblar bilan ta’minlanish darajasi  78% ni tashkil etadi.